O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlar narxi oshiriladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi idoralararo qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, 15 martdan O‘zbekistonda alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta ko‘rib chiqilib, yangi miqdorlarni belgilash taklif etilmoqda.

Hujjatga muvofiq, spirtli ichimliklarning (pivodan tashqari) quyidagi narxlari belgilandi:

vinoning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

•    ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 11 200 so‘m (ilgari 9 400 so‘m);
•    eng kam chakana narx – 13 200 so‘m (ilgari 11 200 so‘m).

konyakning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

•    ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 41 200 so‘m (ilgari 33 000 so‘m);
•    eng kam chakana narx – 49 400 so‘m (ilgari 39 000 so‘m).

aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarning 1 litr tayyor mahsuloti uchun:

•    ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi – 28 600 so‘m (ilgari 24 000 so‘m);
•    eng kam chakana narx – 34 400 so‘m (ilgari 28 500 so‘m).


Maqola muallifi

Teglar

alkogol'

Baholaganlar

568

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing