O‘zbekistonda AES ob’ektlarida ishlovchilarga qanday talablar qo‘yilishi e’lon qilindi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “AES ob’ektlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan xodimlarga qo‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi idoralararo qaror loyihasi joylashtirildi.

Qaror xalqaro atom energiyasi agentligining tavsiyalarini hisobga olgan holda, AES ob’ektlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan xodimlarga malaka talablarini belgilash orqali AES ob’ektlarini ekspluatatsiya qilishda ishtirok etuvchi xodimlarning kadrlar salohiyatini oshirish va AES ekspluatatsiyasi xavfsizligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Xalqaro tajribaga ko‘ra, AES ob’ektlarida ishlaydigan xodimlarning malakasiga qo‘yiladigan talablar MAGATEning xavfsizlik bo‘yicha NS-G-2.8-son “Atom elektr stansiyalari uchun kadrlarni yollash, malakasini oshirish va o‘qitish” yo‘riqnomasining 3-bo‘limiga muvofiq belgilanadi.

Qarorda AES ob’ektlarini ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan 84 ta kadrlar lavozimiga malaka talablari belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Malakaviy talablar AES xodimlarining quyidagi toifalari kesimida belgilanadi:

•    rahbarlar - 39 ta lavozim;

•    muhandis-texnik xodimlar - 29 ta lavozim (muhandis va texnik xodimlar);

•    xizmatchilar - 3 ta lavozim (obektlarning ekspluatatsiyasi bilan bevosita shug‘ullanadi);

•    ishchilar - 11 kasb (operatorlar, laborantlar).

Malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.15.2020 yildagi 287-son “O‘zbekiston Respublikasida Kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Milliy malakalar ramkasi, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori va Kasblarning xalqaro standart klassifikatoriga muvofiq belgilanadi.

Mazkur qarorni amalga oshirish atom elektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanishni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

AES

Baholaganlar

343

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing