O‘zbekistonda 9 oyda qancha oila qurilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda 206,7 mingta nikoh qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 9 oyida qayd etilgan nikohlar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,3 foizga oshgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning iyul-sentyabr oylarida Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlari tomonidan qarindosh bo‘lgan 675 nafar kelin-kuyovning nikohlari qayd qilingan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 8 oyda 174 998 ta nikoh qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing