O‘zbekistonda 8 oyda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarildi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-avgust oylarida 200 mingga yaqin yengil avtomobil ishlab chiqarildi. 8 oyda eng ko‘p Cobalt rusumli mashina ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Statqo‘mga ko‘ra, 2022 yilning sakkiz oyida O‘zbekistonda 187 610 ta yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 66 019 taga oshgan. 

2022 yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:

•    Cobalt – 60 660 dona;
•    Lacetti-Gentra – 55 476 dona;
•    Damas – 46 622 dona;
•    Nexia T-250 – 15 680 dona;
•    Spark – 8 657 dona;
•    Maxsus yengil avtomobillar – 12 168 dona.


Maqola muallifi

Teglar

statistika avtomobil'

Baholaganlar

773

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing