O‘zbekistonda 70 dan ortiq park attraksionlari qo‘lbola ekani ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi 70 dan ortiq park attraksionlari qo‘lbola ekani – ishlab chiqaruvchi korxona pasporti va birkasi bo‘lmagani aniqlandi. Bu haqda kecha, 25 yanvar kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari Bekzod Berdiyev ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tadbirlar doirasida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligiga oid me’yoriy hujjatlar talablari buzilganligi aniqlanib, qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha 1 843 ta tavsiyaviy ma’lumotnomalar rasmiylashtirilgan.

Respublika hududida joylashgan 148 ta madaniyat va istirohat bog‘larida o‘rnatilgan jami 2120 ta attraksionlar o‘rganib chiqilgan bo‘lib, shundan qo‘lbola (ishlab chiqaruvchi korxona pasporti va birkasi bo‘lmagan) attraksionlar 74 tani, nosoz, ishlashga yaroqsiz holatda bo‘lgan hamda faoliyati to‘xtatilgan attraksionlar 228 tani, shu kunga qadar ro‘yxatga olingan attraksionlar 1100 tani tashkil etishi aniqlangan.

Shuningdek, 2024 yilda nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda umumiy 44 ta baxtsiz hodisaga yo‘l qo‘yilib, bulardan 19 tasi o‘lim bilan tugagan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning iyul oyida Namangandagi nosoz attraksion sabab 4 kishi jarohatlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

attraktsion park

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing