O‘zbekistonda 7 hokim o‘rinbosari va 34 nafar bank rahbarlari jinoiy javobgarlikka tortildi
Jamiyat
−
19 noyabr 2020
10763Avvalroq, O‘zbekistonda 647 nafar mansabdor shaxs huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘zg‘atilgan 454 ta jinoiy ish doirasida jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida xabar bergan edik. Ular orasida 34 nafar bank rahbarlari, 59 nafar Ichki ishlar vazirligi xodimlari, 7 nafar hokim o‘rinbosarlari, hatto Milliy gvardiya tizimidagi mansabdorlar ham bor. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, jinoiy javobgarlikka tortilgan 647 nafar mansabdor shaxslarning 4 nafari respublika miqyosidagi, 15 nafari viloyat miqyosidagi 626 nafar shahar-tuman miqyosidagi mansabdor shaxslarni tashkil qiladi.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar faoliyat yuritgan sohalar kesimi bo‘yicha tahlil natijalari quyidagicha:
• 7 nafar hokim o‘rinbosarlari;
• 1 nafar prokuratura;
• 1 nafar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
• 13 nafar Majburiy ijro byurosi;
• 1 nafar Adliya;
• 59 nafar IIV xodimi;
• 6 nafar DSQ xodimi;
• 1 nafar bojxona;
• 2 nafar Milliy gvardiya;
• 3 nafar Mudofaa vazirligi;
• 57 nafar Sog‘liqni saqlash vazirligi;
• 8 nafar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;
• 15 nafar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;
• 89 nafar Xalq ta’limi vazirligi;
• 36 nafar Maktabgacha ta’lim vazirligi;
• 34 nafar bank rahbarlari;
• 184 nafar ustavida davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning rahbarlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 9 oy davomida korrupsion jinoyatlar oqibatida 200 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan.
Karim Zaripov
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar