O‘zbekistonda 5 yilda qancha homila abort qilingani ochiqlandi
Jamiyat
−
10 Iyun 2022 18204 1 daqiqa
2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 15-49 yoshli ayollar o‘rtasida homiladorlikni to‘xtatish (abortlar soni) 35,4 mingtani tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Bu ko‘rsatkich 2017 yilga nisbatan 7 mingtaga kamaygan. 2017–2021 yillarda mamlakatda 198,2 mingta homila abort qilingan.
Yillar kesimida abortlar soni:
• 2017 yil – 42,4 mingta;
• 2018 yil – 44,1 mingta;
• 2019 yil – 39 mingta;
• 2020 yil – 37,3 mingta;
• 2021 yil – 35,4 mingta.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 203,7 ming tug‘ilish qayd etilgan. Shuningdek, may oyida 70 467 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr