O‘zbekistonda 5 kun yomg‘irli ob-havo kutilyapti
Bu qiziq
−
21 Oktabr 2022
80587Joriy yilning 22-26 oktyabr kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so‘ngra Volgabo‘yi hududlaridan sovuq havo massalari kirib kiradi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘jayev Facebook sahifasida ma’lum qildi.
22-26 oktyabrda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shuningdek:
- 22 oktyabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi;
- 23 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi;
- 24 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
25 oktyabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘adi. 26 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
23-26 oktyabr kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
21-22 oktyabr va 25 oktyabr kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 23 oktyabr va 26 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, 26 oktyabrda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Respublika bo‘yicha havo harorati me’yordan 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda.