O‘zbekistonda 5 xil banknot va 9 xil tanga muomaladan chiqarilyapti

Jamiyat

image

Bugun, 18 sentyabr kuni “25 so‘mlik va undan kichik nominal qiymatdagi tangalari va banknotlarini muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur Nizomga ko‘ra, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik, 1, 5, 10, 25 so‘mlik qiymatidagi tangalar, shuningdek 1, 3, 5, 10, 25 so‘mlik eski namunadagi banknotlar (qog‘oz pullar) 2020 yil 1 martdan boshlab qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotadi.

Ushbu tanga va banknotlar hech qanday monelik, cheklovlarsiz, to‘lov yoki vositachilik haqi undirilmagan holda:

•    2020 yil 1 martga qadar Hisob-kitob kassa markazlari, tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan;
•    2020 yil 1 martdan 2021 yil 1 yanvarga qadar esa faqat Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan almashtirib beriladi.

Muomaladan qaytarib olinadigan eski namunadagi tanga va banknotlarning ayirboshlash muddati 2021 yil 1 yanvargacha etib belgilandi.

Bunda hisob-kitoblar mijozlar va aholining talabiga asosan:

•    bank plastik kartasi hisobvaraqlariga kirim qilinish orqali (to‘liq qiymatda);
•    muomaladagi tanga va banknotlarga ayirboshlab berish orqali;
•    mijozlarning tegishli hisobvaraqlariga, fuqarolarning arizasiga asosan omonatga kirim qilish orqali;
•    kommunal va boshqa bir martalik to‘lovlar uchun qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank Banknot

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing