O‘zbekistonda 5 476 ta ko‘prik ta’mirtalab ekani aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda mavjud  14 446 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichning 5 476 tasi ta’mirtalab. Bu haqda "Ko‘prikqurilishfoydalanish" Unitar korxonasi rahbari Anorboy Annaqulov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, unitar korxona faoliyati davomida umumiy uzunligi 140 km dan ziyod 1424 ta ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich va tonnel qurib bitkazilgan. Umumiy uzunligi 13 km li 270 ta sun’iy inshoot barpo etilgan.

Xatlov natijalariga ko‘ra respublika hududidagi mavjud ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarning umumiy soni 14 446 donani tashkil etadi.

Ushbu ko‘priklarning texnik holati vizual o‘rganilganda 5 476 tasi (37,9 foizi) ta’mirtalab ekanligi aniqlandi.

“Aksariyat ta’mirtalab ko‘priklar ancha oldin qurilgan bo‘lib, ushbu ko‘priklarning bugungi kunda yuk transport vositalarini ko‘tarish qobiliyatiga mos kelmaydi”, degan Annaqulov.

Unga ko‘ra, avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan 2020 yilda 
100 dan ortiq ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarni ta’mirlash ishlari bajarilib foydalanishga topshirildi.

2021 yilda ushbu ko‘rsatkichlarni bir baravarga ko‘tarish rejalashtirilgan bo‘lib, 200 dan ortiq yo‘l ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarni ta’mirlash ishlarini amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. 

Mazkur ta’mirtalab va yaroqsiz ko‘priklarni ta’mirlash ishlari uchun dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra jami 16,0 trln.so‘m miqdorda mablag‘ talab etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

ko'prik

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing