O‘zbekistonda 5,3 magnitudali zilzila bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Bugun, 20 may kuni O‘zbekiston hududida 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 01:40 da yuz bergan. Magnitudasi 5,3, chuqurligi 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 527 km janubiy-g‘arbda joylashgan Qorako‘l tumani. Koordinatalari: 40,27 daraja shimoliy kenglik, 63,1 daraja sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Buxoro viloyatida 3-4 ball, 127 km;
  • Navoiy viloyatida 2-3 ball, 194 km.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 may kuni Tojikistonning Xatlon viloyatida zilzila sodir bo‘lgandi va u O‘zbekiston hududida ham sezilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing