O‘zbekistonda 4 oyda qancha egizak tug‘ildi?
Jamiyat
−
22 may 2025 4810 1 daqiqa
2025 yilning yanvar-aprel oylarida respublika bo‘yicha jami 266 478 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Tug‘ilishlarning chaqaloqlar soni bo‘yicha taqsimlanishi:
- 1 nafar tug‘ilganlar – 260 119 ta;
- 2 nafar tug‘ilganlar – 6 179 ta;
- 3 nafar va undan ortiq tug‘ilganlar – 180 ta.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tug‘ilish darajasi o‘tgan yilning birinchi choragiga nisbatan 8 mingtaga tushib ketgani haqida xabar berilgan edi.