Suyunchi! Andijonda 5 nafar egizak dunyoga keldi
Jamiyat
−
20:40 2513 1 daqiqa
Bugun, 6 iyul kuni Andijon shahar 2-son tug‘uruq majmuasida 5 nafar egizak dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, Andijon shahridagi “Qayrag‘ochtosh” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Nargiza Bekjonova bugun, 6 iyul kuni ko‘p homilalik tashxisi bilan 2-son tug‘uruq muassasasiga qabul qilingan.
Unda muddatidan ilgari tug‘uruq tashxisi bilan kesarcha kesish amaliyoti bajarilgan. Tug‘uruq jarayoni malakali akusher-ginekolog, neonatolog va reanimatologlar tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha:
- birinchi chaqaloq: qiz, vazni 1450 gr;
- ikkinchi chaqaloq: o‘g‘il, vazni 1605 gr;
- uchinchi chaqaloq: qiz, vazni 1495 gr;
- to‘rtinchi chaqaloq: o‘g‘il, vazni 1585 gr;
- beshinchi chaqaloq: qiz, vazni 1205 gr.
Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida ona va chaqaloqlar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialiga o‘tkazilgan.
Bildirilishicha, ayni paytda 5 nafar egizak va ularning onasi malakali tibbiyot xodimlari nazoratida o‘zlarini yaxshi his etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimining oilasida 4 nafar egizak farzand dunyoga kelgandi.
Live
Barchasi