O‘zbekistonda 3 ta yangi qonun qabul qilinadi
Jamiyat
−
10 Sentabr 2019
6723O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan bir qator muhim qonun loyihalari muhokama qilinmoqda. Xususan, “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi shuningdek, “Madaniyat to‘g‘risida”gi qonun loyihalari ustida ishlanmoqda, deya xabar bermoqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot xizmati.
Kecha, 9 sentyabr kuni “Madaniyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama etilib, ishchi guruhining taklif va tavsiyalari asosida yanada takomillashtirildi.
Loyihani ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida madaniyat sohasidagi milliy va xorijiy tajriba chuqur o‘rganildi, qonunosti xujjatlarining to‘liq inventarizatsiyasi o‘tkazildi, joylarda madaniyat tashkilotlarining faoliyati tahlil qilindi.
Natijada, qonun loyihasi yuridik texnika qoidalariga to‘liq muvofiqlashtirildi. Bitta alohida bob hamda o‘ndan ortiq yangi moddalar bilan to‘ldirildi. Jumladan, “Madaniyat sohasidagi xodimlarning ijtimoiy himoyasi” nomli yangi bob, “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi”, “Ijod erkinligi”, “Kinematografiya tashkiloti”, “Axborot kutubxona”, “Muzey”, “Madaniyat sohasidagi galereya”, “Studiya”, “Madaniyat sohasidagi ustaxona”, “Madaniyat sohasidagi tadqiqot markazlari”, “Madaniyat sohasidagi ta’mirlash markazlari”, “Madaniyat tashkilotlarida xizmat narxini belgilash”, “Madaniyat sohasida ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash”, “Madaniyat va san’at sohasidagi ta’lim muassasalari va tashkilotlari” va shu kabi bir qator yangi moddalar bilan to‘ldirildi.
LiveBarchasi