O‘zbekistonda 3 oy ichida 9 mingdan ziyod oila ajrashdi

3-sahifa

image

Joriy yilning I choragi davomida O‘zbekistonda 9 ming 063 ta nikoh bekor qilingan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirilgan.

Unga ko‘ra, joriy yilning 3 oyi davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 2,03 trln so‘mdan ziyod majburiy to‘lovlarni (voyaga yetmagan bolalar uchun aliment, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan talablar, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik to‘lovlari va boshqalar) undirish haqida 299 384 ta sud buyrug‘i chiqarilgan. 

Shuningdek, 142 185 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, ularning 115 148 tasi bo‘yicha talablar qanoatlantirilgan, 10 662 tasi bo‘yicha talablarni qanoatlantirishdan rad qilingan, 14 696 tasi bo‘yicha da’volar ko‘rmasdan qoldirilgan, 1 679 tasi bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.

Fuqarolik ishlardan (sud buyruqlaridan) 186 151 tasi kredit qarzini undirish, 62 375 tasi soliq qarzini undirish, 43 243 tasi kommunal qarzlarini undirish, 19 313 tasi aliment undirish hamda 17 131 tasi nikohdan ajratish bilan bog‘liq va boshqa toifadagi ishlarni tashkil qiladi.

“Nikohdan ajratishga oid ko‘rilgan ishlar tahliliga ko‘ra, ko‘rib tamomlangan ishlarning 9 063 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan (nikohlar bekor qilingan), 6 010 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan (nikohlar bekor qilinmagan), 1 481 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 577 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan”, deyiladi hisobotda. 

Qayd etilishicha, ishga tiklashga doir ko‘rib tamomlangan 717 ta ishning 316 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan, 275 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan, 160 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 20 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan. 

Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atlari tomonidan apellyatsiya tartibida 2 983 ta ish ko‘rib chiqilgan. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 560 ta qaror bekor qilinib, 194 ta sud qarori o‘zgartirilgan. Kassatsiya tartibida 2 033 ta ish ko‘rib chiqilgan. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 395 ta qaror bekor qilinib, 166 ta sud qarori o‘zgartirilgan. Taftish tartibida 1 326 ta ish ko‘rib chiqilgan. Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 132 ta qaror bekor qilinib, 27 ta sud qarori o‘zgartirilgan. 

Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 78 ta ish ko‘rib chiqilgan. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 39 ta qaror bekor qilinib, 11 ta sud qarori o‘zgartirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 32 217 ta nikoh bekor qilingani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud nikoh aliment

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing