O‘zbekistonda 23 mln gektar qishloq yerlarining elektron xaritasi yaratildi

Jamiyat

image

Yangi tashkil etilgan Kadastr agentligi joriy yildan boshlab O‘zbekiston tarixida ilk bor qishloq xo‘jaligi yerlarini yalpi xatlovdan o‘tkazib, elektron ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladi va 23 million gektar qishloq yerlarining elektron xaritalarini yaratdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilayotgan yer hisobi va davlat kadastrlarini to‘liq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z bordi.

Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar 22 million gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, hisobga olinmagan 412 mingta ko‘chmas mulk kadastr bazasiga kiritildi, 478 mingta ob’ektda qo‘shimcha qurilmalar aniqlanib, kadastr bahosi qayta ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, xatlovda ko‘plab muammolar ham aniqlandi.

Misol uchun, elektron hisobga olinayotgan qishloq xo‘jaligi yerlari qog‘oz shaklida yuritib kelingan Yer fondi hisoboti amaliyot bilan farq qilmoqda.

Jumladan, haqiqatda aholi yashash punktiga aylanib ketgan 830 ming gektar maydon boshqa yer toifalarida hisobda turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing