O‘zbekistonda 172 ta yangi bemor aniqlandi. Ularning 170 nafari Toshkentdan

Jamiyat

image

Bugun, 23 avgust soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 172 nafarga ortib, 38 870 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlari:

•    137 nafari Toshkent shahrida;

•    33 nafari Toshkent viloyatida;

•    2 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
 
Shu bilan birga, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 46 yoshli B.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 41 yoshli Sh.D. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
 
Bugun ayni paytga qadar:

•    Toshkent shahrida 167 nafar;
•    Toshkent viloyatida 104 nafar;
•    Samarqand viloyatida 32 nafar;
•    Andijon viloyatida 5 nafar;
•    Namangan viloyatida 5 nafar;
•    Sirdaryo viloyatida 3 nafar;
•    Qashqadaryo viloyatida 2 nafar, jami 318 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib mamlakatda 34 894 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (89 foiz) sog‘aygan.
 
Hozirda mamlakatda 3 705 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

393

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing