O‘zbekistonda 11 yilga “kesilgan” olim ozod etildi

Jamiyat

image

Bugun, 26 sentyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi turkolog va tarixchi olim Andrey Kubatinni oqlash haqida qaror chiqardi.

Ta’kidlash kerakki, 2017 yilda harbiy sud olimni Vatanga xiyonat qilishda aybdor deb topib uni 11 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan edi.

35 yoshli Andrey Kubatin ishi huquq faollari va ilmiy jamoatchilik o‘rtasida noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Jinoyat ishi va o‘sha ishga asoslangan hukmga ko‘ra, Andrey Kubatin 1000 dollar evaziga Turkiyaning hamkorlik tashkiloti xodimiga O‘zbekiston Bosh arxivi va Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining elektron kitoblarini berib yuborgan. Biroq oxirgi bir yarim yil davomida Andrey Kubatinning aybi sudda o‘z isbotini topmagani, u taqdim etgan kitoblar ochiq Internetda mavjudligi, shunga qaramasdan, uni nohaq davlat sirlarini sotishda aybdor deb topilgani xabar qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman Andrey Kubatinning ozod etilishiga rasmiy munosabat bildirdi. "2019 yil 26 sentyabrda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining apellyatsiya sudining qarori bilan A.V. Kubatin reabilitatsiya qilindi va sud zalidan ozod qilindi. 2017 yilda u O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 157-moddasi bilan ayblanib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Ombudsman vakillari A. Kubatin bilan jazoni o‘tayotgan 50-sonli koloniyada suhbatlashdi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra Ombudsman tegishli murojaatlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga yubordi. Murojaatlarda A. Kubatin  o‘z Vataniga sadoqat tuyg‘usi bilan xizmat qilishda faol ishtirok etishga tayyorligini, Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlarini qo‘llab-quvvatlashini, shuningdek, davlat va jamiyat ravnaqi yo‘lida ishlashini aytdi.

Ombudsman vakillari apellyatsiya sudi majlislarida ishtirok etdi.

Ombudsman sud qarorini olqishlaydi".


Maqola muallifi

Teglar

Andrey Kubatin ozod etildi

Baholaganlar

143

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing