Sharqshunos olim Andrey Kubatin vafot etdi

Jamiyat

image

Tarixchi, sharqshunos olim Andrey Kubatin bugun, 29 oktyabr kuni koronavirus asoratlaridan vafot etdi. Bu haqda uning rafiqasi Feruza Jumaniyozova Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Andrey Kubatin 2019 yilning dekabr oyidan buyon O‘zbekiston Fanlar akademiyasi milliy arxeologiya markazida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Olim turkiy xalqlar tarixiga oid uchta monografiya va saksondan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Shuningdek, O‘zbekiston va turkiylar tarixini o‘rganishda katta hissa qo‘shgan jamoat vakillaridan biri hisoblanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi  2017 yilda Andrey Kubatinni Vatanga xiyonat qilishda aybdor deb topib, 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan edi.

O‘sha vaqtlarda 35 yoshli Andrey Kubatin ishi huquq faollari va ilmiy jamoatchilik o‘rtasida noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Jinoyat ishi va o‘sha ishga asoslangan hukmga ko‘ra, Andrey Kubatin 1000 dollar evaziga Turkiyaning hamkorlik tashkiloti xodimiga O‘zbekiston Bosh arxivi va Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutining elektron kitoblarini berib yuborgan. Biroq oxirgi bir yarim yil davomida Andrey Kubatinning aybi sudda o‘z isbotini topmagani, u taqdim etgan kitoblar ochiq Internetda mavjudligi, shunga qaramasdan, uni nohaq davlat sirlarini sotishda aybdor deb topilgani xabar qilindi.

2019 yil 26 sentyabrda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining apellyatsiya sudining qarori bilan Andrey Kubatin reabilitatsiya qilindi va sud zalidan ozod qilindi. 


Maqola muallifi

Teglar

Andrey Kubatin

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing