Mubashshir Ahmad ozodlikka chiqdi
Jamiyat
−
21 fevral
13168Avvalroq, diniy olim va bloger – “Azon Global” axborot tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad Turkiyada politsiya tomonidan qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi joriy yilning 9 yanvar kuni – Mubashshir Ahmad qo‘lga olingani haqidagi gap-so‘zlar paydo bo‘lganidan 12 kun o‘tib, buni tasdiqlagan edi.
Bosh konsulxonaning ma’lum qilishicha, bugun, 21 fevral kuni Tursunov Alisher Ahmadovich (taxallusi “Mubashshir Ahmad”) deportatsiya markazidan oilasi bag‘riga qaytgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning avgust oyida ta’sischisi Mubashshir Ahmad bo‘lgan "Azon.uz" sayti o‘z faoliyatini to‘xtatgandi. Shundan so‘ng, u Turkiyaga ketib, o‘sha yerda “Azon Global” portalida ishini davom ettirayotgan edi.
Keyinroq, 2023 yilning 28 dekabr kuni esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, Mubashshir Ahmad Turkiya politsiyasi tomonidan o‘zi yashab turgan uyidan olib ketilib, Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportatsiya markaziga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi.
LiveBarchasi