O‘zbekistonda 100 yoshli keksalarga qanday imtiyozlar yaratilgan?
Foydali
−
19 iyun 2019
6178Milliy qadriyatlarimizdan biri yoshi ulug‘ insonlarni qadrlashdir. Keksalarni e’zozlashdek azaliy qadriyat xalqimizni jipslashtirish, odamlar orasida mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash, turli millat vakillarining ahil-inoq yashashiga xizmat qilib kelgan.
Quyida yurtimizda 100 yoshli keksalarga qanday imtiyozlar yaratilgani bilan tanishishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga har oyda eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lash belgilangan.
Bunda fuqarolarning pensiyasiga qo‘shimcha to‘lov shaxs 100 yoshga to‘lgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab har oyda ariza taqdim etmasdan qo‘shib to‘lanadi. Qo‘shimcha to‘lovni to‘lash pensiyaga ustama haqlarning soni va miqdorlaridan qat’i nazar, amalga oshiriladi. Fuqaro tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan qo‘shimcha to‘lovning hisoblangan summasi o‘tgan vaqt uchun eng kam oylik ish haqi miqdorlari oshirilishi hisobga olingan holda, oxirgi 12 oy uchun bir yo‘la to‘lanadi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning 2016 yildagi farmoniga muvofiq, 100 yoshdan oshgan keksalarga “Shuhrat” medali beriladi.