O‘zbekistonda 100 ta uyga nechta yengil avtomobil to‘g‘ri keladi?
Jamiyat
−
21 Sentabr 2021
165372021 yilning yanvar-avgust holatiga O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 50 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan xabar qildi.
Ma’lumot uchun:
• 2010 yilda – 21 ta;
• 2015 yilda – 42 ta;
• 2020 yilda – 49 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.
Avvalroq, joriy yilning avgust oyida Gentra avtomobili 2 dona ishlab chiqarilgani, Spark esa umuman chiqarilmagani haqida xabar bergan edik.