O‘zbekistonda 10 kunda qariyb 15 mlrd so‘mlik gaz-svet o‘g‘irlangani aniqlandi
Jamiyat
−
13 noyabr 2023
4909So‘nggi 10 kunda ayrim iste’molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida davlat foydasiga 14 milliard 898 million so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Bildirilishicha, Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”, Bosh prokuratura, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar, elektr hamda gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan birgalikda nazorat tadbiri o‘tkazgan. Natijada noyabr oyining birinchi 10 kunligida tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik bilan bog‘liq 1 ming 185 ta holat aniqlangan.
"11 milliard 338 million so‘mlik elektr energiyasi va 3 milliard 560 million so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan. Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi – Samarqand, Farg‘ona va Andijon viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining 3 ta tumanidagi “Ko‘mir ta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi ombor mudirlari xalq ko‘mirini talon-toroj qilgani aniqlangandi.
LiveBarchasi