O‘zbekistonda 1 oyda 96 mlrd so‘mlik energiya resurslari o‘g‘irlandi

3-sahifa

image

Joriy yilning iyul oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida tizimga 96 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zenergoinspeksiya tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida so‘nggi bir oyda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishning 279 ta holati aniqlangan.

Unga ko‘ra, 27,1 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (54,9 mlrd so‘m) va 12,6 mln metr kub tabiiy gaz (41,1 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi oqibatida jami 96 milliard 86 million so‘m zarar qayta hisob-kitob qilingan. Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 485 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 3,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan qurilish materiallari ombori aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiyasi tabiiy gaz energiya resurslar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing