O‘zbekistonda 1 oy ichida 277 ming fuqaro ishli bo‘lgani aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yanvar oyida 277 ming fuqaro ishli bo‘lgan. Shundan 91 ming nafari doimiy ishga joylashgan, 153 mingi tadbirkorlikka jalb qilingan. Bu haqda bugun, 3 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan aholi bandligini ta’minlash va investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Bu borada dekabr va yanvar oylarida o‘tgan yig‘ilishlarda katta vazifalar belgilangan edi. Davlat rahbari “2025 yil bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni kamaytirishda eng muhim va hal qiluvchi yil bo‘ladi” deya ta’kidladi. Xususan, bu yil 5 million 200 ming aholini band qilib, 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish, 42 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etib, eksportni 30 milliard dollardan oshirish hisob-kitob qilingan.

Yig‘ilishda shu borada boshlangan ishlar va dastlabki natijalar haqida axborot berildi. Ma’lum qilinishicha,  yanvar oyida 277 ming fuqaro ishli bo‘lgan. Shundan 91 ming nafari doimiy ishga joylashgan, 153 mingi tadbirkorlikka jalb qilingan.

“Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 32 ta yo‘nalishda yangi yondashuvlar joriy etilmoqda. Yaqinda vazirlik va hokimliklar mutaxassislaridan iborat guruhlar Xitoyga borib, tajriba almashib keldi. Endi joylardagi imkoniyatlar aholiga tushuntirilib, daromad topishga ko‘maklashiladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumki, ish o‘rinlari va investitsiya o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bu yil qariyb 14 milliard dollarlik 8 mingta loyihani amalga oshirib, 272 mingta doimiy ish joyi yaratish rejalashtirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan oyda O‘zbekistonga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya kelgan. Fevral oyida ham shuncha investitsiya olib kelish, 623 ta loyihani ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda loyihalar bo‘yicha manzilli ishlab, sur’atni keskin oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Yil boshidan buyon eksport hajmi 1 milliard 300 million dollarga yetgan. Mutasaddilarga xorijiy hamkorlar bilan ishlab, tadbirkorlarga tashqi bozorlarga chiqishga ko‘maklashish, yangi korxonalarni eksportga jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

investitsiya aholi bandligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing