O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga qancha aholi to‘g‘ri kelishi aytildi

Jamiyat

image

2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga 77 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 1991 yilda O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga 46,1 kishi to‘g‘ri kelgan.

Bundan oldin, O‘zbekistonda 30 yil ichida doimiy aholi soni 13,9 mln kishiga oshgani xabar qilingandi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 1991 yilda doimiy aholi soni 20,6 mln kishini tashkil etgan.

2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,5 mln kishini tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

aholi

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing