O‘zbekiston aholisi qariyb 37 millionga yetdi
Jamiyat
−
16 aprel
3675O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 millionga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshmoqda.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 aprel holatiga respublikaning doimiy aholisi 36 963 262 kishini tashkil etgan.
Respublikaning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 foizga oshgan.
Mamlakat aholisi 2024 yil boshidan buyon 163,5 ming kishiga ko‘paygan.
O‘zbekiston aholisi 2024 yilning har bir oyida o‘rtacha 54,5 ming kishiga oshgan. 2024 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.
LiveBarchasi