O‘zbekistonda hibsga olingan ozarbayjonlik tadbirkor ozodlikka chiqarildi

3-sahifa

image

22 yil Ozarbayjon qamoqxonasida o‘tirgan, o‘tgan yil oxirida esa O‘zbekistonda hibsga olingan tadbirkor Shamsi Samadzoda ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Ozarbayjonning "Gunun sesi" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shamsi Samadzoda bir necha kun avval ozodlikka chiqqan. Ammo hibsga olish sabablari ochiqlanmagan.

“Asosiysi, men ozodlikdaman. Ish bor joyda muammolar bo‘ladi”,  degan nashr bilan suhbatlashib, qo‘shimcha izoh berishdan bosh tortgan tadbirkor. 

Ma’lumot uchun, Shamsi Samadzoda Ozarbayjon Respublikasi Og‘ir jinoyatlar bo‘yicha sudining 2000 yil 29 dekabrdagi hukmi bilan umrbod qamalgan, biroq Prezident Ilhom Aliyevning afv farmoni bilan 2022 yilda ozodlikka chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 yanvar kuni Toshkentda ozarbayjonliklardan pul talab qilib kelgan jinoiy guruh ushlangani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing