O‘zbekistonda Hayit kunini e’lon qilish nega kechikmoqda? Muftiy javob berdi (video)

Jamiyat

image

Aksariyat mamlakatlarda Hayit kuni e’lon qilingan bir vaqtda O‘zbekistonda ushbu sanani belgilash qiyin bo‘layotgani aholi o‘rtasida tushunmovchiliklarni keltirib chiqarayotgani tabiiy hol. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov ushbu vaziyatga izoh berdi.

“Astronom, falakiyotshunoslarning ma’lum qilishicha, aynan bizning mamlakatdan turib Oyning ko‘rinish nuqtasi, fazasi aniq bo‘lmayotgan ekan. Oyning harakat fazasi natijasida shunday bo‘layotgan ekan”, deydi muftiy.

Musulmonlar idorasi raisiga ko‘ra, ayni damda, dunyoning turli nuqtalarida o‘zbek ulamolari Oyni diqqat bilan kuzatishmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash bilan ishchi guruh shug‘ullanayotgan bo‘lib, ertaga, 20 aprel kuni yakuniy xulosalar taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Nuriddin Xoliqnazarov Muftiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing