O‘zbekistonda havo harororati -20 gacha tushadi – O‘zgidromet 

Bu qiziq

image

Bugun, 5 dekabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qor yog‘moqda. Qor tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar berdi. 

Ertaga, 6 dekabr kuni Respublikaning sharqiy hududlarida beqaror ob-havo saqlanib turadi. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kechasi va kunning birinchi yarmida qor yog‘adi. Havo harorati kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3-2 daraja iliq bo‘ladi. 

O‘zbekistonning shimoliy hududlarida kechasi 13-15 daraja sovuq, ba’zi joylarda -20 darajagacha sovuq ob-havo kuzatiladi. Kunduzi 4-9 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

Joriy haftaning oxirida O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqatgina 7-8 dekabr kunlari mamlakatning janubi-sharqida, asosan tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida biroz qor yog‘adi. Havo harorati kechalari 3-8 daraja, ba’zi joylarda 10 darajagacha sovuq bo‘lish ehtimoli bor. Kunduz kunlari 3 daraja sovuq va 2 daraja iliqni tashkil qiladi. 

Respublikaning shimoliy hududlarida kechasi 8-13 daraja sovuq atrofida bo‘lsa, ba’zi joylarda havo harorati minus 15-20 darajagacha tushishi mumkin. Kunduz kunlari harorat 2-7 daraja sovuqni tashkil etadi.

Respublika bo‘ylab ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak hodisalari kuzatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zgidromet

Baholaganlar

2905

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing