O‘zbekistonda havo haroratining pasayishi kutilmoqda
Bu qiziq
−
16 aprel 2021
30514Keyingi 3 kun ichida O‘zbekiston bo‘yicha aprel oyi o‘rtasi uchun me’yoriy qiymatlarga yaqin bo‘lgan havo harorati bilan iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Respublika hududining ko‘p qismida bu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat yakshanba kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, dushanba kuni esa respublika shimolida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 16-19 aprelda kechalari 9-14 daraja, kunduz kunlari 22-27 daraja atrofida bo‘ladi.
Dam olish kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.
20 aprelda O‘zbekiston hududiga shimoliy-g‘arbiy oqim bilan Rossiya hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi.20-21 aprelda ko‘pgina viloyatlarda (respublikaning shimolidan tashqari) yomg‘ir yog‘adi, shamolning kuchayishi kutilmoqda. Haftaning o‘rtasiga kelib, harorat 10-12 darajagacha pasayadi.