O‘zbekistonda havo harorati -13 darajagacha tushadi – O‘zgidromet

Bu qiziq

image

O‘zgidromet ertaga, 16-18 yanvar kunlari O‘zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 yanvarda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, 17 yanvarda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, 18 yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 yanvarda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 17-18 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 17 yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 18 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 16 yanvarda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, 17 yanvarda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, 18 yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 yanvarda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 17-18 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 17 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 18 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, va kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. 

Shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16 yanvarda ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 16 yanvarda 7-12 daraja iliq, 17-18 yanvarda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 yanvarda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 17-18 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 16 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 17-18 yanvarda kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Bundan tashqari, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 16 yanvarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 17-18 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zgidromet havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing