O‘zbekistonda ham xavfli chigirtkalar tarqalishi mumkinligi aytildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘izistonning Aksiy tumanidagi qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarida Marokko chigirtkasining ko‘payib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligining o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo boshqarmasi mutaxassisi Baxtiyor Muhammadev chigirtkaning mamlakatga kirib kelish xavfiga baho berdi. 

Uning aytishicha, O‘zbekiston sharoitida zararli chigirtkalar xavfini bartaraf etish yuzasidan har yili kuz oylarida kuzgi, erta bahorgi kuzatuv nazorat ishlari olib boriladi, chigirtkalarning qishlov muddati tugashi, tuxumdan chiqish muddatlari to‘g‘risida ko‘p yillik kuzatuv asosida kimyoviy kurash tadbirlari rejalashtiriladi va o‘z vaqtida tashkil etish choralari ko‘riladi. O‘zbekistonda Afrika chigirtkalari bosib ketishi xavfi to‘g‘risida xabarlar kuzatilmagan.

“Respublikamizda hozirgi paytda chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlari davlat byudjetidan ta’minlanadigan O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tarkibidagi Chigirtkalarga qarshi kurash xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi”, deydi u.

Mutaxassis chigirtkalar O‘zbekiston hududiga tarqalishi mumkinligini ham istisno qilmagan. 

“Hozirga qadar chigirtkalarni boshqarish mexanizmi hech bir davlatda ishlab chiqilmagan. Bu xabar ogohlikka chaqiradi. Har yilgidek qo‘shni davlatlarning chegaradosh hududlaridan O‘zbekiston hududiga zararli chigirtkalarning uchib o‘tish xavfi mavjud bo‘lib kelgan”, deydi Muhammadev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda 50-60 ming gektar maydonga chigirtkalar uchib o‘tishi xavfi mavjud. Shunday holat yuzaga kelganda, barcha texnika vositalari mobilizatsiya qilinib, keng qamrovli kimyoviy ishlovlar o‘tkazilib, ularning keng maydonlarga tarqalishi xavfini bartaraf etish choralari ko‘riladi, deya ta’kidlagan vazirlik mutaxassisi.


Maqola muallifi

Teglar

chigirtka

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing