O‘zbekistonda hafta o‘rtasigacha me’yordan past havo harorati hukm suradi
Bu qiziq
−
07 Sentabr 2020
7210Kecha, 6 sentyabr kuni O‘zbekistonga kuz kirib kelgani sezildi. Mamlakatga Volgabo‘yi hududidan salqin havo oqimi kirdi va kunduzgi harorat 4-6 darajaga pasayib, 26-28 daraja issiqni tashkil qildi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Markaz ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 7sentyabr kuni kechasi va ertalab sovuq antitsiklonning ta’siri sezildi – kechasi havo harorati pasayib 10-13 daraja bo‘ldi, kunduzi 25-30 darajagacha isiydi.
Ikki kun davomida respublika hududi antitsiklon ta’sirida bo‘ladi, haftaning ikkinchi yarmidagina havo isiy boshlaydi. Kechasi harorat 12-17 daraja, 8-9 sentyabrda kunduzi 25-30 daraja, 10-12 sentyabrda 27-32 darajani tashkil qiladi. Bunday haroratlar oyning shu davri uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yordan 3-6 darajaga pastdir.