O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi joriy haftaning 14-17 avgust kunlari uchun ob-havo bashoratini ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-15 avgustda +13...+18 daraja, 16-17 avgustda +15...+20 daraja, kunduzi 14 avgustda +23...+28 daraja, 15-17 avgustda havo +30...+35 darajagacha ko‘tariladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi 14-16 avgustda +27...+32 daraja, 17 avgustda +30...+35 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi 14-15 avgustda +25...+30 daraja, 16-17 avgustda havo +30...+35 darajagacha ko‘tariladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14 avgustda +18...+23 daraja, 15-17 avgustda +15...+20 daraja, kunduzi 14-16 avgustda +29...+34 daraja, 17 avgustda +33...+38 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi 14 avgustda +27...+32 daraja, 15-17 avgustda +25...30 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 14-15 avgustda qisqamuddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkun, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14 avgustda +12...+17 daraja, 15-17 avgustda +8...+13 daraja, kunduzi 14-15 avgustda +15...+20 daraja, 16-17 avgustda havo +20...+25 darajagacha ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing