O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo hukm suradi?
Bu qiziq
−
29 aprel 2019
6924Bugun, 29 aprel kuni O‘zbekistonga Turkmaniston hududidan bulut massivlari kirib keladi. Kun davomida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat kechga kelib Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Shuningdek, momaqaldiroq bo‘lib, shamolning tezligi sekundiga 15-20 m gacha kuchayadi. Havo harorati +20...+25 darajani tashkil qiladi.
Ertaga, 30 aprel tungi va ertalabki soatlarda Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin, respublikaning boshqa joylarida yog‘ingarchilik kutilmayapti. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
1 maydan boshlab Kaspiy dengizining shimoliy hududlaridan O‘zbekiston hududiga nam havo oqimlari kirib keladi. Respublikaning shimoliy hududlarida kechasi va ertalab, kunning ikkinchi yarmida esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja atrofida bo‘ladi.
2 maydan 4 maygacha butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab ob-havo kam bulutli bo‘ladi, bu davrda yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam. Harorat foni kechasi +10...+15 daraja, kunduzi 2-3 may kunlari +20...+25 daraja, atrofida bo‘ladi. 4 maydan boshlab esa Turkmaniston hududidan issiq havo oqimlari kirib kelishi sababli harorat ko‘tarila boshlaydi, ayniqsa shimoli-g‘arbiy va janubiy tumanlarda +23...+28 daraja, ayrim joylarda +30...+32 darajagacha ko‘tariladi. Bunday harorat me’yoriy qiymatlardan o‘rtacha 3-5 darajaga yuqoridir.