O‘zbekiston chegarachilarining vakolati kengaytiriladi

Jamiyat

image
O‘zbekistonni yana bir ekologik ofat kutmoqda north_east

O‘zbekistonni yana bir ekologik ofat kutmoqda

O‘zbekistonda chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilariga qo‘shimcha vakolat berish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tegishli o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi bugun, 1 fevral kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, amaldagi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 287-moddasi 2-bandiga muvofiq chegara qo‘shinlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik, chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish, zarur hujjatlarni taqdim etish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik, qonuniy talablarni bajarmaslikka har qanday ko‘rinishda omma oldida da’vat etish, shuningdek chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining o‘z qonuniy faoliyatini amalga oshirishiga qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, chegara qo‘shinlariga huquqbuzarlarni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish vakolati berilgan.

Biroq chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish davomida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning  22721 va  22723-moddalarida nazarda tutilgan, ya’ni tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarni chetlab yoki bojxona rasmiylashtiruvining belgilangan vaqtidan tashqari paytda olib o‘tish bilan bog‘liq sodir etilgan huquqbuzarliklar bojxona postlaridan uzoq hududlarda sodir etilganligi aniqlanganda mazkur huquqbuzarlik holatlarini tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish talab etiladigan vaziyatlar yuzaga kelmoqda.

Shu bois Kodeksga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, chegara qo‘shinlariga ushbu moddalarda nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni, huquqbuzarlik transport vositalaridan foydalanib sodir etilganida esa mazkur transport vositalarini ushlab turish vakolati berilmoqda.

Qonunning qabul qilinishi fuqarolar ortiqcha vaqt sarflashining hamda byudjet mablag‘lari maqsadsiz sarflanishining oldini olinishiga xizmat qilishi ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

chegara

Baholaganlar

409

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing