O‘zbekiston JSTga kirish masalasini tezroq yakunlamoqchi– Abdulaziz Komilov
Olam
−
12 noyabr 2019
5000O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga (JST) kirish bo‘yicha muzokaralar jarayonini iloji boricha tezroq yakunlashni istayapti, ammo tashkilotga kirishning aniq sanasi ma’lum emas. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” Hamkorlik kengashining 15-yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“Biz aniq muddatlarni belgilamaymiz. Ammo, Yevropa Ittifoqi bilan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash hamda JSTga kirish bo‘yicha muzokaralar jarayonini iloji boricha tezroq yakunlash istagi bor”, dedi Abdulaziz Komilov.
Vazir YeI bilan kelishuv kelasi yili imzolanishi mumkinligini inkor qilmadi.
2017 yil noyabr oyining oxirida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida mamlakat JSTga kirish bo‘yicha ishlarni qayta boshlaganini ma’lum qilgandi. 2019 yil iyul oyida O‘zbekiston tomoni tashkilotga kirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi yangilangan memorandumni JSTga taqdim etdi. Avvalroq, JST bosh direktorining o‘rinbosari Alan Vulf O‘zbekiston rasmiylarining ushbu tashkilotga kirish bo‘yicha muzokaralari ikki yil davom etishi mumkinligini aytgandi.
Bundan tashqari, oktyabr oyida O‘zbekiston 2021 yil oxiriga qadar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan erkin savdo zonasi to‘g‘risida shartnoma imzolashni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi