O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishni tezlashtirmoqchi

Jamiyat

image

Bugun, 14 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayoni va uni jadallashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan JSTga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirish hamda uni sifatli va tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilgan.

Unga ko‘ra, joriy yilda qolgan 9 ta mamlakat bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash, ishchi guruhining 2 ta yig‘ilishini o‘tkazish hamda ishchi guruhning hisobot loyihasini yakunlash orqali O‘zbekistonning JST doirasidagi majburiyatlarini to‘liq shakllantirish vazifalari aniq belgilab berilgan.

Shuningdek, qonunchilikni tashkilot talablariga moslashtirish doirasida 15 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayonini jadallashtirish zarurligi ta’kidlangan. Jumladan, “Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”, “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida" yangi tahrirdagi qonunlarni qabul qilishni tezlashtirish hamda bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan yaqindan va samarali hamkorlikni ta’minlash Prezident tomonidan muhim vazifa sifatida belgilab berilgan.

Texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya sohalarini isloh qilish, ushbu yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash sifatini oshirish kerakligi alohida qayd etib o‘tilgan.

Ma’lumot uchun, davlat rahbarining nazorati asosida 2023 yildan boshlab JSTga a’zo bo‘lish choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident farmoni bilan O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtirish maqsadida davlat ishtirokidagi korxonalarning maxsus (eksklyuziv) huquqlari bekor qilinishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon savdo tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing