O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan aviaaloqani to‘xtatadi

Jamiyat

image
TIV Saudiya Arabistoniga otlanayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantiryapti north_east

TIV Saudiya Arabistoniga otlanayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantiryapti

Joriy yilning 1 martidan boshlab "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK Janubiy Koreyada koronavirus avj olgani sababli va O‘zbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida Seulga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatib turadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

“HY-514 reys bilan 29-fevral kuni Seuldan uchadigan yo‘lovchilar kelishlari bilan vaqtinchalik turar joyga jo‘natiladi. Shu munosabat bilan ularni Toshkent aeroportida kutib olmasligingizni so‘raymiz.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aviakompaniyaning barcha reyslarida yuqori xavfsizlik choralari joriy etilgani, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tuvchi shaxslar sanitariya-karantin tadbirlari va tibbiy-sanitariya nazoratlaridan o‘tkazilayotganligi haqida qo‘shimcha ma’lumot bermoqdamiz”, deyiladi aviakompaniya xabarida.

Yo‘lovchilarning vaqtincha joylashtirish punktida turishlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh qarorgohiga 71 276 49 66 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways avvalaroq koronavirus sabab Saudiya Arabistonining Jidda va Madina shaharlariga parvozlarni to‘xtatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

149

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing