TIV Saudiya Arabistoniga otlanayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantiryapti
Jamiyat
−
28 fevral 2020
7540O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistoniga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari murojaat bilan chiqdi. Unda shunday deyiladi:
“Saudiya Arabistoni Podshohligining Toshkent shahridagi elchixonasi O‘zbekiston tomonini chet el, jumladan O‘zbekiston fuqarolarining Umra amallarini bajarish va Madina shahridagi Payg‘ambarimizning Muqaddas Masjidini ziyorat qilish maqsadida Podshohlikka kirishi hamda ularga viza berilishi vaqtinchalik to‘xtatilganiligi to‘g‘risida rasman xabardor qildi.
Mazkur choralar COVID-19 koronavirusining tarqalishini oldini olish uchun qo‘llanilmoqda.
Shu munosabat bilan Podshohlikka borishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistonining mazkur qarorini hisobga olishlari zarur”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK joriy yilning 27 fevralidan e’tiboran Jidda va Madina shaharlariga reyslar to‘xtatilgani, tez orada Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun qator reyslar yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi