O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Afg‘onisondagi vaziyat muhokama qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kecha, 1 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov Toshkent shahriga siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” yuqori darajali muloqotida ishtirok etish uchun kelgan Yevropa tashqi faoliyat xizmati bosh kotibi o‘rinbosari Enrike Mora bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Afg‘onistondagi joriy vaziyat yuzasidan fikr almashilgan. Yevropa tomoni O‘zbekiston tomonidan bevosita afg‘onlararo muzokaralarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish yuzasidan amalga oshirilayotgan faol chora-tadbirlarni yuqori baholagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Republikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashgandi. Komilov va Blinken o‘rtasidagi muhokama mavzusi ham Afg‘onistondagi vaziyat bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing