O‘zbekiston yetti oyda qancha avtomobil eksport qilingani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
19 avgust 2021 15622 1 daqiqa
2021 yilning yanvar–iyul oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 194,0 mln AQSH dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 123,0 mln. AQSH dollariga oshgan.
O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:
• Qozog‘iston – 181,9 mln;
• Afg‘oniston – 5,7 mln;
• Ukraina – 2,3 mln;
• Rossiya – 1,9 mln;
• Qirg‘iz Respublikasi – 1,0 mln;
• Ozarbayjon – 484,1 ming;
• Tojikiston – 480,1 ming AQSH dollari.
Live
Barchasi