O‘zbekiston YeXHT aytgan bloklangan OAVlar masalasini ko‘rib chiqadi

Jamiyat

image

Biroz avvalroq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir O‘zbekiston hukumatini ayrim ommaviy axborot vositalarini bloklashni to‘xtatishga chaqirgandi.

Arlem Dezir O‘zbekistonda Ozodlik, Eurasianet.org, AsiaTerra, Uzmetronom, «Fergana.ru» va boshqa onlayn-nashrlar hamon bloklanayotganini aytib o‘tgandi.

YeXHTning chaqirig‘iga javoban O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov rasmiy bayonot bilan chiqdi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi jamiyatni demokratlashtirish, mamlakatda OAVning rolini oshirish va oshkoralikni ta’minlash borasidagi islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, OAV va fuqarolik jurnalistikasini rivojlantirish, jurnalistlar mavqei va davlat organlari ochiqlik darajasini oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.. Agentlik YeHHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili A. Deziraning bayonoti bilan tanishib chiqdi va ayrim yangiliklar veb-resurslariga kirish muammolari borasidagi faktlarni diqqat bilan o‘rganib chiqadi”, deyilgan bayonotda.

Shuningdek, Agentlik YeHHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili bilan har qanday masalada muloqot qilishga va axborot sohasida hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga doimo tayyor ekani ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi OAV EXHT

Baholaganlar

14

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing