O‘zbekiston YeI bilan Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashishdan manfaatdor – TIV
Jamiyat
−
09 avgust 2023
2250O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi Afg‘oniston masalasi bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini bildirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bayon etilishicha, bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus elchisi Tomas Niklasson o‘rtasida videokonferensaloqa formatida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Suhbatda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqining afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish, mamlakatga tezkorlik bilan gumanitar va boshqa yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlari muhokama qilingan.
Shuningdek, Afg‘onistonni tartibga solish va xalqaro sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalasida Birlashgan Millatlar tashkilotining yetakchi roli muhimligi ta’kidlangan. Tomonlar afg‘on muammosi bo‘yicha ham ikki tomonlama asosda, ham Markaziy Osiyo davlatlarining maxsus vakillari darajasida maslahatlashuvlarni davom ettirishini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi