O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomaga a’zo bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror bilan O‘zbekiston vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shildi.

O‘zbekiston Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiyaga (Istanbul, 1990 yil 26 iyun) qo‘shilib, uning quyidagi ilovalarini qabul qilmoqda:

A-ilova. “Vaqtincha olib kirish hujjatlari to‘g‘risida (A.T.A karnetlari va C.P.D karnetlari)”;
V.1-ilova “Ko‘rgazmalar, yarmarkalar, konferensiyalar yoki shu kabi tadbirlarda namoyish qilish yoxud foydalanish uchun tovarlar to‘g‘risida”;
V.2-ilova “Professional asbob-uskuna to‘g‘risida”;
V.3-ilova “Tijorat operatsiyasi munosabati bilan olib kirilgan konteynerlar, poddonlar, o‘ramlar, namunalar va boshqa tovarlar to‘g‘risida”;
V.5-ilova “Ta’lim, ilmiy yoki madaniy maqsadlarda olib kirilgan tovarlar to‘g‘risida”;
V.6-ilova “Sayohatchilarning shaxsiy buyumlari va sport maqsadlarida olib kirilgan yuklarga tegishli ilova”.

Shuni qayd etib o‘tamizki, konvensiya olib kirish bojlari va yig‘imlarini to‘lashdan shartli ravishda ozod qilgan hamda iqtisodiy tusdagi importga nisbatan taqiq yoki cheklovlarni qo‘llamagan holda ayrim tovarlar va transport vositalarini bojxona hududiga olib kirishni tartibga soladi.

O‘zbekiston tomonidan mas’ul bo‘lgan vakolatli organ – Davlat bojxona qo‘mitasi. Idora 2 oy muddatda konvensiyani qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlashi shart. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi va vaqtincha olib kirish shartlari buzilgan taqdirda bojxona to‘lovlari to‘lanishini kafolatlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

xalqaro shartnoma

Baholaganlar

135

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing