O‘zbekiston YAIM aholi jon boshiga 341 dollarni tashkil etdi
Jamiyat
−
24 aprel 2020
196132020 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 110 trln 517,8 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2019 yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 4,1 foizga o‘sdi. YAIM deflyator indeksi 2019 yil yanvar-martdagi narxlarga nisbatan 114,1 foizni tashkil etdi. Bu haqda Dalvat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
2020 yil yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 55 trln 729,1 mlrd so‘m, xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 44 trln 172,0 mlrd so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 10 trln 616,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.
2020 yil yanvar-mart oylarida YAIM o‘sishi 2019 yil yanvar-martdagi 5,7 foiz va 2018 yil yanvar-martdagi 5,6 foizga nisbatan 4,1 foizgacha sekinlashdi. Shu bilan birga, YAIM deflyator indeksida ham 2019 yil yanvar-martdagi 121,3 foiz va 2018 yil yanvar-martdagi 136,7 foizga nisbatan 2020 yil yanvar-mart oylarida 114,1 foizgacha sekinlashish kuzatildi.
Kuzatilayotgan davrda o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha hisoblangan nominal YAIM hajmi 11,5 mlrd dollarni tashkil etdi (2019 yilning yanvar-martida – 11,1 mlrd doll.).
Aholi jon boshiga hisoblangan YAIM 3,25 mln so‘mni (yoki 341 dollar ekvivalentida) tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2019 yil yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 2,0 foizga o‘sdi. Aholi jon boshiga YAIM o‘sishi 2018-2019 yil yanvar-mart oylarida mos ravishda 3,9 foiz va 3,8 foizni tashkil etgan.
LiveBarchasi