O‘zbekiston Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Yadro xavfsizligi to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Vena, 1994 yil 17 iyun) qo‘shilishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi mazkur xalqaro shartnomaning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining mazkur xalqaro shartnomaga qo‘shilishi hamda uni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida depozitariyga tegishli xabarnoma yo‘llaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydilar.


Maqola muallifi

Teglar

konventsiya yadro xavfsizligi

Baholaganlar

29

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing