O‘zbekiston velosport bo‘yicha Osiyo kubogida umumjamoa bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi
Sport
−
12 Sentabr 2019
2461Hindistonda velotrek bo‘yicha Osiyo kubogi o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda yakunladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston jamoasining musobaqadagi so‘nggi medaliga Dilmurod Siddiqov mualliflik qildi. Siddiqov omnium yo‘nalishida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu natija unga Tokio Olimpiadasi uchun 180 reyting ochkosini ham taqdim etadi.
Shu tariqa velotrek bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Hindiston mezbonlik qilgan kattalar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida 4 ta oltin va 3 ta kumush medallarini qo‘lga kiritdi. Bu esa umumjamoa bo‘yicha mezbonlardan so‘ng ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishimizni ta’minladi. Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar bilan tanishing:
Oltin medal:
Murodjon Xolmuratov
Renata Baymetova
Behzodbek Rahimboyev (2ta)
Kumush medal:
Dilmurod Siddiqov
Yanina Kuskova (2 ta)
LiveBarchasi