O‘zbekiston vakili Osiyo ot sporti federatsiyasiga vitse-prezident bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston ot sporti tarixida ilk bor mamlakat vakili Bahrom G‘oziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi. 

Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari doirasida o‘tkazilayotgan ot sporti musobaqalaridan so‘ng, Tognlu shahrida Osiyo ot sporti federatsiyasining navbatdan tashqari umumiy assambleyasi bo‘lib o‘tgan. Bosh Assambleya kun tartibidan Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidentlarini saylash masalasi o‘rin olgan. 

Bu lavozimga nomzodlar orasida O‘zbekiston vakilidan tashqari Xitoy, BAA, Janubiy Koreya, Liviya va Eron vakillari ham bor edi.

Bir necha tur qizg‘in o‘tgan ovoz berish jarayonida Bahrom G‘oziyev BAA, Eron va mezbon Xitoy vakillaridan ko‘proq ovoz to‘pladi va Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari ot sporti Bahrom G'oziev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing